[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
Inter va Barselona dramasi: Milanliklar final yo‘lida
+23°
ясно ветер 3.1 м/с, СВ

O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlash stansiyalari soni keskin o‘smoqda

Texnologiya 43

O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlash stansiyalari soni keskin o‘smoqda
O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlash shoxobchalari soni tobora ortmoqda. 2024 yilning 1 may holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha quvvatlash stansiyalarining umumiy soni 1399 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 baravarga ko‘pdir, deb xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarining asosiy qismi, ya’ni 820 tasi (59 foizi) poytaxt Toshkent shahrida joylashgan. Toshkent viloyati esa bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda bo‘lib, hududda 154 ta shunday stansiya mavjud.

Quvvatlash shoxobchalari soni bo‘yicha viloyatlar orasida Namangan (70 ta), Samarqand (67 ta) va Jizzax (50 ta) viloyatlari yetakchi hisoblanadi. Bundan tashqari, Farg‘onada 43 ta, Buxoroda 39 ta, Qashqadaryoda 32 ta, Surxondaryoda 27 ta, Andijonda 26 ta, Navoiyda 23 ta, Xorazmda 21 ta, Qoraqalpog‘istonda 14 ta va Sirdaryoda 13 ta quvvatlash nuqtalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hozirda respublika bo‘ylab elektromobil egalari soni ham ortib, ushbu xizmatdan foydalanuvchilar soni 92 ming kishiga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumatining o‘tgan yil noyabrda qabul qilingan qaroriga ko‘ra, 2025 yilgacha mamlakatda jami 21 548 ta elektromobillarni quvvatlash stansiyasini o‘rnatish rejalashtirilgan. Bu esa kelgusida mamlakatda elektromobillar infratuzilmasini yanada yaxshilash imkonini beradi.

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

O‘zbekistondagi 1700 dan ortiq masjidda xatmi Qur’on o‘qiladi
O‘zbekistondagi 1700 dan ortiq masjidda xatmi Qur’on o‘qiladi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi taqdim etgan axborotga asoslanib, 2025 yil O‘zbekistonda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1 mart kuniga to‘g‘ri kelishi ma’lum qilingan edi. Shu munosabat bilan
Jamiyat 18:31, 28-02-2025
Bir guruh xotin-qizlar Zulfiya mukofoti bilan taqdirlandi
Bir guruh xotin-qizlar Zulfiya mukofoti bilan taqdirlandi
Prezidentning tegishli qarori bilan 28 nafar xotin-qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. O‘zbekiston prezidenti tomonidan qabul qilingan "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti
Jamiyat 14:15, 4-03-2025
Amir Olimxonning shaxsiy shifokori haqida tarixiy ma’lumotlar
Amir Olimxonning shaxsiy shifokori haqida tarixiy ma’lumotlar
Tarixiy manbalarga ko‘ra, Buxoro amiri Sayyid Olimxon umrining so‘ngi yillarini og‘ir xastalik, xususan, ko‘zi ojizlik bilan o‘tkazgan. Bu haqda «Xabar.uz» saytida e’lon qilingan maqolada ham
Jamiyat 15:32, 12-03-2025
Prezident Osiyo kubogi g‘oliblarini unvon va medallar bilan taqdirladi
Prezident Osiyo kubogi g‘oliblarini unvon va medallar bilan taqdirladi
Foto: O‘FA Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida g‘alaba qozongan O‘zbekiston U-17 terma jamoasini unvon va medallar bilan taqdirladi. Shuningdek,
Sport 16:30, 21-04-2025
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025