[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
Superliga. “Dinamo” o‘z maydonida “Surxon”ni mag‘lubyatga uchratdi
+20°
ясно ветер 4.1 м/с, В

Superliga. "Vodiy derbisi"da "Neftchi" "Andijon"ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

Sport
47
Superliga. "Vodiy derbisi"da "Neftchi" "Andijon"ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu tur doirasida "Andijon" o‘z uyida Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi"ni qabul qilib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Farrux Sayfiyev hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Jamshid Iskanderov oradagi farqni 2 taga yetkazib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Mazkur to‘qnashuvdan so‘ng "yo‘lbarslar" ochkolar sonini 15 taga yetkazib olib, "Bunyodkor" va "Dinamo" bilan tenglashib oldi. "Burgutlar" esa 9 ochko bilan turnir jadvalining 12-o‘rnida qoldi.

"Andijon" – "Neftchi" 0:2
Gollar
: 0:1 – 11, Farruh Sayfiyev (G‘ulom Haydar G‘ulomov), 0:2 – 59, Jamshid Iskanderov (Abror Ismoilov)

"Andijon": 25.Valijon Rahimov, 4.Islombek Mamatkazin, 5.Abdulvohid G‘ulomov (11.Islam Mashukov, 84), 6.Altin Kreziu, 7.Rustam Turdimurodov (22.Usmonali Ismonaliyev, 78), 10.Ilhomjon Abdug‘aniyev (9.Mirzad Mehanovich, 66), 13.Sardor Azimov (23.Doniyor Abdumannopov, 46), 18.Damir Temirov, 32. Luka Uskokovich, 33.Oleg Zoteyev, 71.Bektemir Abdumannonov (17.Farhod Sohibjonov, 66).
Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 8.Iskandar Shayqulov, 14.Abdurahmon Komilov, 66.Miomir Jurichkovich.

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4. Boyan Siger, 5.Ikrom Aliboyev (14.Jamshid Boltaboyev, 66), 7. Abror Ismoilov, 10.Jamshid Iskanderov (17.Muhammadali G‘iyosov, 90+3), 11.Quvondiq Ro‘ziyev (77.Bilolxon Toshmirzayev, 77), 20.Anvar G‘ofurov, 21.Muhsin Ubaydullayev, 24.G‘ulom Haydar G‘ulomov, 32.Zoran Marushich (22.Toma Tabatadze, 78), 34.Farruh Sayfiyev.
Zaxira: 45.Akbar To‘rayev, 6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 9.Shohrux Gadoyev, 28.Nodir Komilov, 33.Shohrux Yoqubjonov.

Ogohlantirishlar: Doniyor Abdumannopov (86), Anvar G‘ofurov (88)

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha
Sport 18:45, 22-03-2025
Superliganing 7-turida bo‘lib o‘tgan o‘yinlar videosi
Superliganing 7-turida bo‘lib o‘tgan o‘yinlar videosi
Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Surxon" (0:0), "So‘g‘diyona" – "Andijon" (1:0) va "Qo‘qon-1912" – "Xorazm" (1:0)
Sport 11:30, 27-04-2025
Superliga jamoalarida amalga oshirilgan barcha transferlar
Superliga jamoalarida amalga oshirilgan barcha transferlar
Oʻzbekiston superligasi 2025 yilgi mavsumi uchun jamoalarda amalga oshirilgan transferlar bilan tanishing. "Nasaf" Keldi: Umar Eshmurodov, Suhrob Nurulloyev, Dragan Cheran, Oleksandr
Sport 19:10, 26-02-2025
Vodiy derbisi: "Navbahor"ning ikki legioneri o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi
Vodiy derbisi: "Navbahor"ning ikki legioneri o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi
O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan "Navbahor"-"Andijon" bahsi 2:2 hisobi o‘z yakuniga yetdi. Derbidagi gollarga Zabihillo O‘rinboyev, 2 (1:0), Gilerme Gedesh 6 avtogol
Sport 21:56, 28-03-2025
Superliga. "Andijon" "Bobur Arena"da "Nasaf" bilan durang o‘ynadi
Superliga. "Andijon" "Bobur Arena"da "Nasaf" bilan durang o‘ynadi
Superliganing 2-turida "Nasaf" "Andijon" mehmoni bo‘lib, durang bilan uyga qaytadigan bo‘ldi. Dastlab, Zoteyev qanotdan ajoyib reyd qilib, chiroyli gol urgan bo‘lsa, Nurulloyev
Sport 22:00, 15-03-2025