[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
Inter va Barselona dramasi: Milanliklar final yo‘lida
+34°
ясно ветер 3.1 м/с, З

Eldor Shomurodov rekordlar keltirayotgan "Roma": Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘l ochilmoqda!

Sport 32
Eldor Shomurodov rekordlar keltirayotgan "Roma": Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘l ochilmoqda!
Italiya chempionatida mavsumni o‘ta qiyinchiliklar bilan boshlagan Rimning "Roma" klubi hal qiluvchi pallaga kelib ajoyib natijalar qayd eta boshladi va Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma uchun jiddiy da’vogarga aylandi. Joze Mourinodan keyingi ikkinchi murabbiy Klaudio Raneri boshqaruvida qayta jonlangan rimliklar 35-turda o‘z maydonida "Fiorentina" jamoasini 1:0 hisobida yengib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ushbu uchrashuvda ham Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgan hujumchi Eldor Shomurodov hal qiluvchi rol o‘ynadi. Birinchi bo‘lim tugashiga bir necha soniya qolganda, Shomurodov boshi bilan ajoyib uzatmani amalga oshirdi va bu to‘pni ukrainalik hamkasbi Artyom Dovbik bosh bilan David de Xea qo‘riqlagan "Fiorentina" darvozasiga joylab qo‘ydi.

Mana shu yagona gol orqali "Roma" nafaqat muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi, balki bir yo‘la ikki muhim rekordni ham qayd etdi.

Birinchidan, bu g‘alaba jamoaning mavsumdagi to‘qqizinchi 1:0 hisobidagi zafari bo‘ldi va bu – Yevropaning top-5 chempionatlari bo‘yicha mavsum rekordi hisoblanadi. Opta statistik agentligining ma’lumotiga ko‘ra, Angliya, Ispaniya, Germaniya, Fransiya va Italiya chempionatlarida hech bir jamoa bu mavsum hali bu qadar ko‘p minimal g‘alaba qozonmagan. "Roma"ning shu g‘alabalaridan sakkiztasi Klaudio Raneri boshchiligida, bittasi esa sobiq murabbiy Ivan Yurich davrida ro‘yxatga olingan.

Bundan tashqari, "bo‘rilar"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi ham diqqatga sazovor. 2024 yil dekabridan boshlab, rimliklar 19 uchrashuvda birorta ham mag‘lubiyatga uchramadi: bu o‘yinlarda 14 marta g‘alaba qozongan jamoa, besh bor durangga rozi bo‘ldi. Aytish joizki, bu natija ham top-5 chempionatlar ichida mavsum rekordi bo‘lib, "Roma"dan boshqa hech bir klub hozirgacha bu ko‘rsatkichni qayd etmagan.

Bu g‘alabalarning aksariyatida faol ishtirok etgan Shomurodovning hissasi beqiyos. Eldor 33-turda "Verona" darvozasiga kiritgan yagona goli bilan, minimal g‘alabalar soni bo‘yicha jamoaning ichki mavsum rekordini o‘rnatishda bevosita ishtirok etgandi. U paytda bu ko‘rsatkich 7taga yetgan bo‘lsa, keyingi ikki uchrashuvda – "Inter" va "Fiorentina" bilan o‘yinlarda Eldorning golli uzatmalari evaziga "Roma" yana ikki bor kichik hisobda g‘alaba qozondi va bu natija endi to‘qqiztaga yetdi.

Bu ko‘rsatkich esa "Roma" klubining yarim asr avval o‘rnatgan rekordini takrorladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1965-1966 yilgi mavsumda Oronso Puleze hamda 1974-1975 yilgi chempionatda Nils Lidxolm boshqaruvida ham rimliklar bir mavsumda to‘qqiz marta 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Endi esa Klaudio Raneri boshqaruvidagi jamoa bu ko‘rsatkich bo‘yicha yangi mutlaq rekord o‘rnatish arafasida turibdi. Qolgan uchta – "Atalanta", "Milan" va "Torino" bilan o‘yinlardan bittasini kichik hisobda yutishi ularning tarixiy rekord o‘rnatishi uchun yetarli bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov ushbu mavsumda jami 24 ta o‘yinda maydonga tushib, "Empoli", "Monsa", "Yuventus" va "Verona" klublari darvozalarini ishg‘ol etgan. Shuningdek, "Bolonya", "Monsa", "Inter" va "Fiorentina" klublariga qarshi o‘yinlarda golli uzatmalar amalga oshirib, jamoaning Yevropa Chempionlar ligasi uchun kurashida hal qiluvchi rol o‘ynamoqda.

"Roma"ning bu ajoyib natijalari muxlislarga yoqimli tuyg‘ular ulashib, klubning eng yuqori saviyadagi musobaqada ishtirok etishi uchun imkon yaratmoqda. Eldorning esa bu muvaffaqiyatlardagi xizmati o‘zbek muxlislari uchun yanada yoqimlidir!

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha
Sport 18:45, 22-03-2025
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda
Sport 20:10, 15-02-2025
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegomonlik paygasida muvozanatni tiklash uchun radikal urunishlardan biridir. Reja
Dunyo 01:49, 27-03-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025