Foto: Bosh vazir matbuot kotibi
Bugun, 21 aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportining uchinchi terminalida Saudiya Arabistonida futbol bo‘yicha o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston U-17 jamoasini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘smirlar milliy jamoasiga yo‘llagan tabriklarini Bosh vazir Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.
Avvalroq jamoa murabbiyi «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni, futbolchilarga esa «Kelajak bunyodkori» medallari bilan taqdirlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, o‘yinni Sport telekanalida sharhlagan sharhlovchilar «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan.
Toshkent, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, Shavkat Mirziyoyev, Abdulla Aripov