Italiya chempionatining 33-turida o‘z maydonida «Verona»ni qabul qilgan «Roma» minimal hisobda (1:0) muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alaba orqali poytaxt klubi mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasini 17 ta uchrashuvga yetkazdi.
Bu seriya davomida rimliklar 12 ta g‘alaba qozonib, 5 marta durang qayd etdi. «Roma»ning bu mag‘lubiyatsiz yo‘lida «Milan», «Yuventus», «Latsio», «Bolonya», «Napoli» kabi kuchli jamoalar ham bor.
A Seriya turnir jadvalida 57 ochko bilan oltinchi o‘rinni egallab turgan «Roma» so‘nggi marta 15 dekabr kuni «Komo»ga qarshi o‘yinda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Shundan buyon jamoa birorta bahsda imkoniyatni boy bermadi.
Eslatib o‘tish joiz, «Roma»ning navbatdagi o‘yini 26 aprel kuni Milanning «Inter» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Bu muhim bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Roma, Verona, Milan, Yuventus, Latsio