"Arsenal" klubining bosh murabbiyi Mikel Arteta YECHL chorak finalida Madridning "Real" klubini mag‘lub etganidan keyin o‘zining ustozi – "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga minnatdorlik bildirdi.
"Bugun ertalab unga qo‘ng‘iroq qildim. Mening bugun bu yerda ekanligim uning sababidan. Shunday ekan, unga alohida rahmat aytmoqchiman. Gvardiola menga doim ilhom bag‘ishlab kelgan. U bilan to‘rt yil ajoyib faoliyat olib bordim va doimo unga minnatdorman. Agar u bo‘lmaganida, bu yerda bo‘lmasdim", – dedi Arteta.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" YECHL chorak finalida "Real" klubiga qarshi javob o‘yinida 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi o‘yinda esa 3:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.
Shu tariqa, London klubi 2008/09 yilgi mavsumdan keyin ilk marta YECHL yarim finaliga chiqdi. Endilikda Artetaning shogirdlari final yo‘llanmasi uchun PSJ klubiga qarshi kurash olib boradi.
Mikel Arteta, Gvardiola, Arsenal, Madrid, Real