[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
Inter va Barselona dramasi: Milanliklar final yo‘lida
+37°
ясно ветер 2.1 м/с, СЗ

Mirshakar Fayzulloyev: “Gentra – qorong‘ulik timsoli” (intervyu)

Madaniyat 16

Mirshakar Fayzulloyev: “Gentra – qorong‘ulik timsoli” (intervyu)
Kun podkasti'ning bu galgi mehmoni stendap-komik, yumorist Mirshakar Fayzulloyev bilan ijodkorning so‘nggi katta konserti, konsert uchun tayyorlangan antiqa taklifnomaning ramziy ma’nosi, konsert jarayonida Gentra'ning pachaqlanishida qanday ma’no borligi, bu g‘oyaning oilaviy qadriyatlarga taalluqli jihatlari, ijodkorning “MTV shou” loyihasidan nima sababdan ketgani, bugun telekanallarda shou loyihalar tayyorlamaslik sabablari va boshqa mavzularda suhbatlashildi.

Shu yilning 15 fevral kuni Toshkentdagi Humo Arena majmuasida o‘zbek stendap-komigi Mirshakar Fayzulloyevning ilk katta konserti bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir nafaqat hazil-mutoyibalar, balki ajablanarli performans bilan ham yodda qoldi. Konsertga taklifnoma shaklida bonkaning tanlanishida ham o‘ziga xos g‘oya bor edi. Ijodkorning fikriga ko‘ra, uning tag zamirida oilaviy qadriyatlarga sodiqlik masalasi ham turishi o‘ylangan.

– Bugun qaysi mavzuda tomoshabinlar bilan muloqot qilish qiyin?
– Tomoshabin har xil. Katta sahnaga chiqqanda biz negadir mingta odamni tomoshabin deyishga o‘rganib qolganmiz. Mingta odamning har biri alohida shaxs. Stendap klubda esa tomoshabin bizga yaqin o‘tiradi. Ularning emotsiyalarini aniq ko‘rib turasiz. Shu sabab stendap klubda ishlash nisbatan murakkab.

– Siz qaysi mavzularda umuman gapirmaysiz?
– Kimningdir hayot mazmuniga aylangan mavzularda gapirmayman. Bu mavzularning sizga keltiradigan foydasidan ko‘ra yetkazadigan zarari ko‘proq. Qolaversa, biror kimning jismoniy kamchiliklariga to‘xtalmayman. Bundan tashqari, tomoshabinning shaxsiyati haqida umuman to‘xtalmaslikka harakat qilaman.

– Sizni hech esdan chiqmaydigan darajada tanqid qilganlar bo‘lganmi?
– Aynan shunaqasi bo‘lmagan, lekin o‘rinli maslahat aytishgan. NTT telekanali bo‘lardi. Shu kanal xodimi menga Buxoro shevasida gapirmaslikni maslahat bergan. Ya’ni sheva mening ajralib turadigan jihatim, lekin doim undan foydalanaversam, boshqa alohidalik menda bo‘lmasligini aytgan. O‘rinli maslahat bo‘lgan va qabul qilganman. Yana bir maslahat, menga ko‘zoynak taqishni tavsiya qilishgan. Ko‘zoynak yuzimdagi jiddiylikni yashirishini to‘g‘ri tushuntirishgan. Bularni qabul qilganman. Kulishim borasida ham ko‘p aytishgan. Lekin bundan voz kecholmayman, uzr, buni men tanlamaganman.

– Hazil qilayotgan ijodkorning o‘z haziliga o‘zi kulishi to‘g‘ri deb o‘ylaysizmi?
– Bunda chegara yo‘q, vaziyatga bog‘liq. Agar bu samimiy chiqish bo‘ladigan bo‘lsa, vaziyatdan kelib chiqsa, bu o‘rinli. Siz ham odamsiz, sizda ham hissiyot bor, bu tabiiy. Agar stendap konsert bo‘lsa, bunda kulish ham ssenariy asosida bo‘ladi.

– “Milliy” telekanalida siz boshlovchilik qilgan “MTV shou” loyihasini eng ko‘rimli bo‘lib turgan vaqtda to‘xtatdingiz. Nega?
– Xuddi shunday hissiyot bilan esda qolishi uchun. Boshida shouda 50 ta odam ishlardi. Keyin ikkita-ikkitadan ijodkorlar olinib, boshqa loyihalarga jalb qilingan edi. Asta-sekin loyihadagi ijodkorlar kamayishni boshladi. Bu esa to‘g‘ridan to‘gri sifatga ta’sir qiladi. Orqada katta jamoa ishlagan har kunlik loyihani to‘rtta odam bilan qilish juda qiyin edi. Va siz ko‘rib turibsiz, hozir shu holatda davom etsangiz, bu ko‘rsatuv kundan kunga yomonlashib boradi. Lekin hozir to‘xtatsangiz, hech narsa o‘zgarmaydi. Keyin loyiha kamchiliklarini aytib to‘xtatishganidan ko‘ra, bugun o‘zimiz to‘xtatishni ma’qul topdik.

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda
Sport 20:10, 15-02-2025
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha
Sport 18:45, 22-03-2025
Xonanda Manzura: “Yosh koʻrinishimning birinchi siri — turmush qurmaganimda”
Xonanda Manzura: “Yosh koʻrinishimning birinchi siri — turmush qurmaganimda”
Xonanda va aktrisa Manzura 21 fevral kuni 47 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan muvaffaqiyatga erishguniga qadar katta qiyinchiliklarni boshdan kechirgan ijodkorning hayot yoʻllariga nazar
Madaniyat 23:10, 24-02-2025
Mirshakar Fayzulloyevning ilk kontsertida qora Gentra majaqlandi (video)
Mirshakar Fayzulloyevning ilk kontsertida qora Gentra majaqlandi (video)
15 fevral kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida oʻzbek stend-ap komigi Mirshakar Fayzulloyevning ilk katta kontserti boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir nafaqat hazil-mutoyibalar, balki
Madaniyat 03:54, 20-02-2025