Mashhur xonanda Munisa Rizayeva kecha o‘zining Instagram sahifasi orqali muxlislariga murojaat qildi va boshidan kechirgan og‘ir holat haqida ochiq so‘zladi. Uning aytishicha, allergiya va organizmidagi shok holati tufayli o‘lim xavfi bilan yuzma-yuz kelgan.
“Sal qoldi bu dunyoni tark etishimga…”
“Assalomu alaykum, do‘stlar! Katta rahmat — men uchun xavotir olganinglar uchun. Rostini aytsam, kecha ahvolim og‘irlashdi. Qon bosimim ko‘tarildi, zaharlanish bo‘ldi. Hech narsa qila olmay, o‘rnimdan turolmadim. Juda qo‘rqib ketdim… oy, sal qoldi bu dunyoni tark etishimga,” — dedi Rizayeva qalbdan chiqqan so‘zlar bilan.
“Tavba qildim, hech kimga ravo ko‘rmayman…”
Honanda shifoxonada tahlillar topshirib, nima yeb-ichishi mumkinligini yaxshilab bilib olganini aytdi. U bu holatni Hayot sabog‘i sifatida qabul qilgan:
“Endi nima iste’mol qilish mumkin, nima mumkin emas — bilib oldim. Tavba qildim, hech kimga ravo ko‘rmayman. Hammaga faqat salomatlik tilayman. Chunki sog‘lik — eng katta boylik.”
“Ona bo‘lgandan keyin boshqacha qo‘rqar ekansan…”
Munisa Rizayeva birinchi marta o‘zining onalik tuyg‘ulari haqida ochiq so‘zladi. Uning fikricha, ona uchun eng katta qo‘rquv — farzandini yolg‘iz qoldirishdir:
“Ona bo‘lgandan keyin shunday bo‘lar ekansan — faqat bolangni o‘ylaysan. Kecha yig‘lab o‘yladim: agar menga nimadir bo‘lsa, farzandim nima qilar ekan? Onasiz qolsachi?..”
Fantom ko‘zoynak, oq futbolka va tiniq tabassum — u hozir yaxshiroq
Murojaat paytida xonanda mashinani ichida, oq futbolka, jiletli ko‘zoynak va tiniq tabassum bilan muxlislarini xotirjam qilishga harakat qildi. Uning ahvoli hozir yaxshi, ammo bu holat muxlislar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ham jiddiy o‘ylantirdi.
Siz nima deb o‘ylaysiz — sog‘likka e’tiborsizlik san’at olamida qanchalik xavfli? Muxlis sifatida Munisaga nima degan bo‘lardingiz?