Xivaning tarixiy Ichanqal’a majmuasida YUNESKO va AYSESKO xalqaro tashkilotlari ko‘magida bo‘lib o‘tgan IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali g‘oliblari aniqlandi. An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan mazkur yirik madaniy tadbirga jahonning turli davlatlaridan ko‘plab baxshi-ijrochilar tashrif buyurishdi.
Festival yakuniga ko‘ra, g‘oliblar quyidagicha e’lon qilindi:
3-o‘rin sohiblari:
- Mo‘g‘ulistondan tashrif buyurgan baxshi Ikxagvasuren Lkxamragcha;
- Rossiya vakili Aksiniya Stepanova;
- O‘zbekistonlik iqtidorli baxshi Ziyodillo Ahmedov.
Ziyodillo Ahmedov (O‘zbekiston)
2-o‘rinni egallaganlar:
- O‘zbekistondan Usmonjon Abdullayev;
- Qozog‘istonlik baxshi-ijrochi Kensulu Turikpen.
Usmonjon Abdullayev (O‘zbekiston)
1-o‘rin sohiblari sifatida esa:
- O‘zbekiston sharafini himoya qilgan baxshi Muyassar Jumatova;
- Turkmaniston milliy baxshilar guruhi yuqori baholandi.
Muyassar Jumatova (O‘zbekiston)
Festivalning eng yuqori mukofoti — Gran-pri esa Ozarbayjonning «Oshiqlar» guruhiga topshirildi. Ushbu ijodiy jamoa tadbir ishtirokchilari va hakamlar hay’ati e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
«Oshiqlar» guruhi (Ozarbayjon)
Ma’lumot uchun, mazkur festival O‘zbekiston madaniy hayotida alohida o‘rin tutadi va milliy baxshichilik san’ati rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirda ishtirok etgan ijrochilar o‘z ijodlari orqali xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy muloqotni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shmoqdalar.
[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha

Bir guruh xotin-qizlar Zulfiya mukofoti bilan taqdirlandi
Prezidentning tegishli qarori bilan 28 nafar xotin-qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. O‘zbekiston prezidenti tomonidan qabul qilingan "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti

Husanov va O‘zbekiston haqidagi “shov-shuvli luqmalar”ga xorijdan munosabat
O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqishga yaqin turgani, Abduqodir Husanovning dunyoning eng murakkab ligasida amaldagi chempion “Manchester Siti”da o‘ynayotgani

Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi (foto)
Namanganda birinchi xalqaro avtofestival boshlandi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda. Tadbir Namangan xalqaro aeroportidan shahar markaziga yoʻl olgan avtoparad bilan start oldi. Foto: Oqilxon

Prezident Osiyo kubogi g‘oliblarini unvon va medallar bilan taqdirladi
Foto: O‘FA Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida g‘alaba qozongan O‘zbekiston U-17 terma jamoasini unvon va medallar bilan taqdirladi. Shuningdek,