[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
Inter va Barselona dramasi: Milanliklar final yo‘lida
+22°
ясно ветер 3.1 м/с, В

Mirziyoyev va Putin amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi

Iqtisodiyot 46

Mirziyoyev va Putin amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 3 may kuni telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Telefon orqali muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Rossiya prezidentining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish natijalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar va biznes darajasidagi faol muloqotlarni davom ettirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish muhim ekani ta’kidlandi.

Shu ma’noda, Toshkent shahrida beshinchi "Innoprom. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan ishbilarmonlik tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholandi.

Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, san’at, fan va ta’lim, sport va turizm sohalarida kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak uchrashuvlar rejasini muhokama qildilar.

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

O‘zbekistonning ittifoqchilari kimlar va yana kimlar bo‘lishi mumkin?
O‘zbekistonning ittifoqchilari kimlar va yana kimlar bo‘lishi mumkin?
Davlatlararo munosabatlarni kuzatganda, “ittifoqchilik munosabatlari” haqida eshitib qolishingiz mumkin. Xo‘sh, “ittifoqchilik munosabatlari” nima degani? “Ittifoqchilik”ning huquqiy, yuridik
Oʻzbekiston 21:32, 5-03-2025
Oʻzbekiston va Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga etkazmoqchi
Oʻzbekiston va Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga etkazmoqchi
Foto: Prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara oʻtkazdilar. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti
Oʻzbekiston 16:15, 26-02-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya investitsiya kengashini ta’sis etishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya investitsiya kengashini ta’sis etishni taklif qildi
Parij shahriga tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev Fransiya ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati. Tadbirda Fransiyaning
Iqtisodiyot 05:53, 13-03-2025
Oʻzbekiston va Pokiston strategik sheriklikni kengaytirish ustuvor yoʻnalishlarini belgiladi
Oʻzbekiston va Pokiston strategik sheriklikni kengaytirish ustuvor yoʻnalishlarini belgiladi
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Oʻzbekiston va Pokiston etakchilari strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Toshkentga rasmiy tashrif bilan kelgan
Oʻzbekiston 14:53, 26-02-2025