[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
Putin Ramzan Qodirovning iste’fosi bo‘yicha qanday munosabat bildirdi?
+30°
ясно ветер 3.1 м/с, Ю

Qandli diabetni endi qon tahlilisiz ham aniqlash mumkin

Foydali
34
Qandli diabetni endi qon tahlilisiz ham aniqlash mumkin
Qandli diabet xavfini erta aniqlash endi qon tahlillarisiz ham imkonli bo‘ldi. Yaponiyalik olimlar yangi texnologiya ishlab chiqib, diabet xavfini yuzaga chiqaruvchi asosiy ko‘rsatkich — qondagi qand darajasini noinvaziv (tanada jarohat qoldirmaydigan) usul bilan baholashga erishdi. Ushbu yangilik Tokio universiteti tadqiqotchilari tomonidan amalga oshirildi va Communications Medicine ilmiy jurnalida e’lon qilindi.

Bu yangi usulning asosiy xususiyati — qondagi qand miqdorini uzluksiz kuzatib boruvchi glyukoza monitorlari (CGM) ma’lumotlarini tahlil qilishdan iborat. Ushbu qurilmalar tanamizga taqiladi va real vaqt rejimida ma’lumot beradi.

Qandli diabet ko‘p hollarda sezilmasdan rivojlanib, jiddiy muammolarga olib keladi. An’anaviy qon tahlillari esa har doim ham bu kasallikni dastlabki bosqichlarda aniqlay olmaydi.

Olimlar 64 nafar ko‘ngilli shaxsning ma’lumotlarini o‘rganib chiqib, AC_Var deb atalgan yangi ko‘rsatkichga alohida e’tibor qaratdi. Ularning fikricha, AC_Var ko‘rsatkichi 2-tur qandli diabetning dastlabki belgilarini aniqlashda standart tekshiruvlardan ham samaraliroq natija bergan. Bu usul, shuningdek, yurak kasalliklari kabi boshqa asoratlarning rivojlanish xavfini ham ertaroq ko‘rsatib beradi.

Tokio universiteti professori Sinya Kurodaning aytishicha, yangi ishlanma diabetning belgilarini kasallik tashxisi rasman qo‘yilishidan ancha avval aniqlashga yordam beradi va bu bilan profilaktik choralarni o‘z vaqtida ko‘rish imkoni paydo bo‘ladi.

Tadqiqotchilar bu usuldan foydalanishni yanada qulaylashtirish maqsadida veb-ilova yaratishdi. Bu ilova yordamida bemor va shifokorlar mustaqil ravishda xavfni baholab, o‘z vaqtida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Yaponiya, Tokio, Sinya Kuroda, Communications Medicine, Ac_Var

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Ozish uchun kuniga 10 ming qadam yurish kifoyami?
Ozish uchun kuniga 10 ming qadam yurish kifoyami?
Foto: Alamy UESCA sertifikati (United States Sports Coaching Association)ga ega yugurish boʻyicha trener Jeyms Rojers ozish uchun kuniga 10 ming qadam yurish etarli boʻladimi, degan savolga javob
Foydali 14:46, 31-01-2025
Shimoliy yarimshardagi jazirama va qurg‘oqchilik olimlarni tashvishga solmoqda
Shimoliy yarimshardagi jazirama va qurg‘oqchilik olimlarni tashvishga solmoqda
Foto: Depositphotos Sun Yatsen nomidagi universitetning xitoylik olimlari AQSHdagi hamkasblari bilan birgalikda Shimoliy yarimshar iqlimi tashvishli darajada o‘zgarib borayotganini aniqladi. Ma’lum
Dunyo 23:35, 2-03-2025