[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
Antonio Kassano: “Gyuler va Yamal — kelajak futbol olamini titratuvchi yulduzlari”
+30°
ясно ветер 3.1 м/с, Ю

Keksalar uzoq umr ko‘rishi uchun eng samarali vosita aniqlandi

Foydali
44
Keksalar uzoq umr ko‘rishi uchun eng samarali vosita aniqlandi
Yaponiyadagi Tsukuba universiteti olimlari velosipedda muntazam ravishda sayr qilish keksa insonlarning sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir qilib, ularning uzoq umr ko‘rish ehtimolini oshirishini aniqladi. Tadqiqot natijalari Transportation Research Part F: Traffic Psychology and Behaviour ilmiy jurnalining sahifalarida chop etildi.

Tadqiqotchilar 10 yil davomida yapon keksalarining sog‘lig‘i va ularning hayot tarzi haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi. Aniqlanishicha, kuzatuv boshlangan vaqtda velosipedda ko‘proq sayr qilgan keksalar keyingi yillarda jiddiy kasalliklarga kamroq chalingan va uzoq muddatli tibbiy parvarishga kamroq ehtiyoj sezgan. Muhimi, bu holat nafaqat uzoq yillar velosiped minib kelganlar, balki keyinchalik velosipedda sayr qilishni boshlaganlarda ham kuzatilgan.

Tadqiqotda eng yaxshi natijalarni transport vositalari haydash huquqiga ega bo‘lmagan keksa kishilar ko‘rsatgan. Olimlarning fikricha, bu insonlar uchun velosiped minish hayot tarzi va kundalik faoliyatning muhim qismiga aylangan. Ayniqsa, ular uchun velosiped sayrining ahamiyati juda katta bo‘lgani aniqlangan.

Shuningdek, mutaxassislar velosiped sayrining foydasi faqat jismoniy mashq bilan cheklanmasligini ta’kidlamoqda. Velosipedda muntazam ravishda sayr qilish keksalarning ruhiy holati, kayfiyati va mustaqil hayot tarzini saqlashlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli olimlar keksa insonlar uchun velosipedda yurishni yanada xavfsiz va qulay qilish maqsadida zarur infratuzilmani yaratish va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga chaqiradi. Bu orqali nafaqat keksalarning hayot sifati yaxshilanadi, balki ularning uzoq umr ko‘rishiga ham yordam beradi.
Yaponiya, Tsukuba, Transportation Research Part F, Keksalar, Olimlar

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
3 may kuni mashhur amerikalik pop yulduzi Ledi Gaga o‘zining faoliyatidagi eng katta va eng shov-shuvli konsertlaridan birini Braziliyaning eng mashhur sohili – Rio-de-Janeyrodagi Kopakabanada
Dunyo 13:06, 5-05-2025
Ajrashgan juftliklarga hissiyotlarni unutish uchun necha yil kerak?
Ajrashgan juftliklarga hissiyotlarni unutish uchun necha yil kerak?
Illinoys universiteti psixologlari olib borgan tadqiqotga ko‘ra, odamlarga sobiq juftlariga nisbatan hissiy bog‘liqlikdan to‘liq xalos bo‘lish uchun o‘rtacha 8 yil vaqt talab etiladi. Ushbu
Dunyo 08:40, 19-03-2025
O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab sirtqi ta’lim bekor qilinadi
O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab sirtqi ta’lim bekor qilinadi
O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab sirtqi ta’lim shakliga talabalar qabul qilish to‘xtatiladi, deb upl.uz sayti xabar berdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi tegishli farmonni
Oʻzbekiston Kecha, 18:46
Sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi
Sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi
Prezidentning “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi. Farmon bilan “Ta’lim
Oʻzbekiston 21:39, 6-05-2025
Sun’iy intellekt asosidagi yangi tizim ob-havoni tez va aniq bashorat qiladi
Sun’iy intellekt asosidagi yangi tizim ob-havoni tez va aniq bashorat qiladi
Aardvark Weather sun’iy intellekt tizimi ob-havoni an’anaviy usullarga nisbatan tezroq va aniqroq bashorat qila oladi, deb yozadi The Guardian Nature jurnalida e’lon qilingan tadqiqotga tayanib.
Texnologiya 11:02, 22-03-2025