[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
Jo Bayden Donald Trampning Ukrainaga nisbatan siyosatiga qattiq tanqid bilan chiqdi
+35°
небольшая облачность ветер 4.1 м/с, ЮЗ

Transyog‘lar iste’moli infarkt va insultni keltirib chiqarishi mumkin

Foydali
28
Transyog‘lar iste’moli infarkt va insultni keltirib chiqarishi mumkin
Tezpishar taomlar — yoshlar orasida eng ommalashgan yeguliklar. Shu bois “fast-fud”, yarim tayyor mahsulotlar, qovurilgan kartoshka frisi, chips, qolaversa, turli qandolatlarning bozori chaqqon.

Tahlillarga ko‘ra, ular tarkibida transyog‘lar miqdori haddan ziyod ko‘p. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tahliliga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 5 milliard odam ushbu yog‘larning zararli ta’siridan himoyalanmagan. Bu yurak xastaliklari va o‘lim xavfini oshiradi.

Shu singari taomlarni tayyorlashda ishlatiladigan transyog‘lar har yili sayyoramiz bo‘yicha 300 mingga yaqin kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda.

Xo‘sh, tibbiyot xodimlarining bu boradagi xulosasi qanday?

Transyog‘lar — organizm uchun foydali yog‘larga qaraganda arzonroq va qator kimyoviy va fizik xususiyatlarga ega, — deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Nizom Ermatov. — Masalan, xona haroratida qattiq holatda saqlanib qoladi, shu sabab ularni turli xil qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shish qulay.

Ular sanoat usulida ishlov berilgan yoki tabiiy to‘yinmagan yog‘ kislotasi hisoblanadi. Bu mahsulot margarin, o‘simlik yog‘lari, qovurilgan taom va pishiriqlar, xususan, krakerlar, pechene va piroglarda mavjud. Shuningdek, kavsh qaytaruvchi hayvonlar go‘shti va sutida tabiiy holda uchraydi. Ammo har ikki turdagisi ham sog‘lik uchun zararli.

Yog‘lar hujayra membranalari va boshqa biologik strukturalarning hosil bo‘lishi uchun “qurilish materiali” vazifasini o‘taydi. Agar ular sun’iy sintezlangan trans shaklga ega bo‘lsa, organizmda moddalar almashinuvi jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xususan, tanada zararli xolesterin miqdorini oshiradi, ya’ni past zichlikdagi lipoproteinlar qon tomirlari devorida tiqin hosil qilib, ularni toraytiradi. Natijada organizmda qon aylanishi va hayotiy muhim organlarni qon bilan ta’minlash jarayoni izdan chiqadi. Oqibatda infarkt, insult va o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi kabi turli xavfli kasalliklar kelib chiqishi mumkin.

Shuningdek, transyog‘lar yallig‘lanish jarayonlarini tezlashtirb, qandli diabet va onkologik xastaliklar rivojlanish xavfini ham oshiradi.

Shu sababli JSST ushbu turdagi yog‘larni taqiqlash yoki uni kunlik energiya miqdorining 1 foizigacha kamaytirishni tavsiya qilinmoqda. Ya’ni, kunlik ratsionda 2000 kaloriya bo‘lsa, transyog‘lar ulushi 2,2 grammga to‘g‘ri kelishi lozim. Lekin bugun ayrim yeguliklar tarkibida bu turdagi yog‘lar miqdori kunlik normadan 200 baravar ortiqni tashkil qilmoqda.

Shunday ekan, bunday vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l – transyog‘lar iste’molidan butunlay voz kechish yoki ular miqdorini minimal darajada kamaytirishdir.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Nizom Ermatov, Jsst, Sog‘liqni Saqlash Vazirligi, Infarkt, Insult

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegomonlik paygasida muvozanatni tiklash uchun radikal urunishlardan biridir. Reja
Dunyo 01:49, 27-03-2025
Gollivud yulduzlari qanday taomlarni sevib iste’mol qilishadi?
Gollivud yulduzlari qanday taomlarni sevib iste’mol qilishadi?
Gollivud filmlarini tomosha qila turib, xushbichim, sarvqomat aktyorlarga havas bilan qaraymiz. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: ular nima tanovul qiladi? Ularning ideal qomatiga qarab barcha yulduzlar
Dunyo 10:40, 6-04-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
Rossiyada kartoshka inqirozi: narxlar nega keskin oshib ketdi?
Rossiyada kartoshka inqirozi: narxlar nega keskin oshib ketdi?
Rossiya bozorida aholining eng ko‘p iste’mol qiladigan mahsulotlaridan biri – kartoshka narxi yil boshidan beri keskin oshdi. Ushbu vaziyat, birinchi navbatda, mamlakatda kartoshka yetishtirish
Dunyo Kecha, 16:18