[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
Putin Ramzan Qodirovning iste’fosi bo‘yicha qanday munosabat bildirdi?
+30°
ясно ветер 3.1 м/с, Ю

Hindiston-Pokiston mojarosiga jahon yetakchilari qanday munosabat bildirishmoqda?

Dunyo
42
Hindiston-Pokiston mojarosiga jahon yetakchilari qanday munosabat bildirishmoqda?
Hindiston 7 mayga o‘tar kechasi Pokistonga hujum qildi. Islomobod ham mazkur zarbalarga javob qaytardi. Dunyo yetakchilari yadro quroliga ega bo‘lgan ikki davlat o‘rtasidagi so‘nggi harbiy harakatlarga munosabat bildirdi.

Xitoy Hindiston va Pokistonni tinchlik va barqarorlikni birinchi o‘ringa qo‘yishga, xotirjamlikni saqlashga va vazminlikka chaqirmoqda.

Xitoy erta tongda Hindistonning harbiy harakatlaridan afsusda va voqealarning hozirgi rivojlanishidan xavotirda, deyiladi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

AQSH prezidenti Donald Tramp

"Bu sharmandalik. Hozirgina eshitdim. Menimcha, odamlar yaqin o‘tmishga asoslanib, nimadir sodir bo‘lishini kutgan. Ular uzoq vaqtdan beri urishib kelmoqda. Umid qilamanki, bu juda tez yakunlanadi", dedi u.

AQSH davlat kotibi Marko Rubio

"Men Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib boryapman. Men bugun Tramp tomonidan bildirilgan fikrlarni qo‘llab-quvvatlayman. Umid qilamanki, bu mojaro tezda tugaydi va ikki davlat rahbariyati muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun muloqotni davom ettiradi".

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish:

"Bosh kotib Hindistonning nazorat chizig‘i va xalqaro chegara orqali olib borgan harbiy operatsiyalaridan juda xavotirda. U har ikki mamlakatni harbiy jihatdan maksimal darajada o‘zini tutishga chaqiradi. Dunyo Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvga dosh bera olmaydi".

Yaponiya Vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yesimasa Xayashi:

"22 aprelda Kashmirda sodir etilgan terrorchilik harakati munosabati bilan mamlakatimiz bunday terrorchilik harakatlarini qat’iyan qoralaydi. Bundan tashqari, biz ushbu vaziyat yanada ko‘proq javob zarbalariga olib kelishi va keng ko‘lamli harbiy mojaroga aylanib ketishi mumkinligidan jiddiy xavotirdamiz. Janubiy Osiyodagi tinchlik va barqarorlik uchun Hindiston va Pokistonni vazminlik ko‘rsatishga va muloqot orqali vaziyatni barqarorlashtirishga qat’iy chaqiramiz".

Birlashgan Arab Amirliklari Hindiston va Pokistonni “vazminlik ko‘rsatishga, keskinlikni kamaytirishga va mintaqaviy hamda xalqaro tinchlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan yanada keskinlashuvga yo‘l qo‘ymaslikka” chaqirdi, deyiladi BAA tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari shayx Abdulloh bin Zoid Ol Nahayon bayonotida. Diplomatiya va muloqot vazioyatni tinch yo‘l bilan hal qilishda samarali vosita ekani ma’lum qilingan.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan va biz uchun do‘st mamlakatlar — Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishi bois chuqur xavotirdamiz. Tomonlarni imkon qadar bosiqlik saqlab, mojaroning yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymaslikka va tinch yo‘l bilan hal etish uchun muzokaralarga qaytishga chaqiramiz, dedi u.

Prezident Qirg‘iziston doimo barqarorlik, xavfsizlik va xalqaro huquq normalariga hurmat tarafdori bo‘lib kelganini ma’lum qildi.

Qirg‘iziston fuqarolarini Hindiston va Pokistonga borishdan tiyilishga chaqirmoqda

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarini yuqoridagi ikki davlatga sayohat qilishdan tiyilishga chaqirmoqda. Vaziyat normallashmaguncha ushbu mamlakatlarga bormaslik tavsiya qilingan.

Pokiston yoki Hindiston hududida bo‘lib turgan Qirg‘iziston fuqarolariga o‘ta ehtiyotkor bo‘lish va mahalliy hokimiyat ko‘rsatmalariga amal qilish tavsiya etiladi, deyiladi respublika TIV xabarida.

Pokiston aviatsiya ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, Islomobod xalqaro aeroporti barcha reyslar uchun vaqtincha yopilgan. Pokiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi vaziyat barqarorlashgandan so‘ng aviaqatnovlar tiklanishini ma’lum qildi.
Hindiston, Pokiston, Xitoy, Aqsh, Qirg‘iziston

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda
Sport 20:10, 15-02-2025
Jiddada Ukraina va AQSH delegatsiyalari nimalarni muhokama qiladi?
Jiddada Ukraina va AQSH delegatsiyalari nimalarni muhokama qiladi?
11 mart kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ukraina va AQSH vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Bu Kiyev va Vashingtonning Oq uyda Donald Tramp va Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi
Dunyo 15:08, 11-03-2025
Pokiston Hindiston hujumiga ikki xil javob variantini ma’lum qildi
Pokiston Hindiston hujumiga ikki xil javob variantini ma’lum qildi
Pokiston Hindiston hujumiga javob zarbasi beradi, biroq qo‘shni mamlakat agressiyasini to‘xtatsa, Islomobod harbiy eskalatsiyadan tiyilishga tayyor. Bu haqda Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Asif
Dunyo Kecha, 14:14
Xonanda Manzura: “Yosh koʻrinishimning birinchi siri — turmush qurmaganimda”
Xonanda Manzura: “Yosh koʻrinishimning birinchi siri — turmush qurmaganimda”
Xonanda va aktrisa Manzura 21 fevral kuni 47 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan muvaffaqiyatga erishguniga qadar katta qiyinchiliklarni boshdan kechirgan ijodkorning hayot yoʻllariga nazar
Madaniyat 23:10, 24-02-2025