
Turk shou-biznesi va kino dunyosida o‘zining so‘zsiz go‘zalligi va teran rol ijrosi bilan tanilgan aktrisa Melisa Asli Pamuk shaxsiy hayotini ommadan tiyib yashashni ma’qul ko‘radigan san’atkorlar qatorida. Ammo bu gal u muxlislarini kutilmagan syurpriz bilan xursand qildi — birinchi marta o‘g‘li Milan bilan suratini ommaga taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, “Sevgi iztirobi” seriali orqali keng auditoriya muhabbatiga sazovor bo‘lgan Pamuk 2025 yil 29 yanvar kuni ona bo‘lgandi. Bu voqea aktrisaning shaxsiy hayotida katta burilish bo‘ldi. Ajablanarlisi shundaki, Milan aynan uning turmush o‘rtog‘i — mashhur futbolchi Yusuf Yazichining tug‘ilgan kunida dunyoga keldi.

Melisa Pamuk ancha vaqt davomida farzandi haqidagi ma’lumotlarni sir saqlab keldi. Bolaning qayerda tug‘ilgani, u qanday ism olgani yoki hatto suratlari haqida hech qanday ma’lumot berilmagan edi. Ammo 6 may kuni aktrisa barcha qoidalarini buzib, ilk marta Milanning yuzini ko‘rsatdi.
U oilasi bilan birga futbol o‘yiniga tashrif buyurdi va hozirda Gretsiyaning “Olimpiakos” klubi sharafini himoya qilayotgan Yusuf Yazichini g‘alaba bilan tabrikladi. Mazkur sevinchli paltada olingan oilaviy kadrni Pamuk ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida joylashtirdi. Kadr nafaqat aktrisaning, balki futbolchining ham muxlislari orasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Fikrlar esa ikkiga bo‘lindi: ayrimlar Milanni onasiga o‘xshatishdi, boshqalar esa bola otasiga juda o‘xshashligini ta’kidlashdi. Lekin barcha bir ovozdan: Melisa va Yusuf oilasi sog‘lom, baxtli va nurli ko‘rinishda ekanligini qayd etishdi.
Pamuk va Yazichi jufti haqidagi bunday iliq xabarlar muxlislar uchun nafaqat hayajonli, balki ilhomlantiruvchi voqea sifatida baholanmoqda. Ular ikkisini ham ijodiy va shaxsiy hayotlarida yanada katta muvaffaqiyatlarga erishishini tilamoqda.
Melisa Asli Pamuk, Milan, Yusuf Yazichi, Gretsiya, Olimpiakos