Honda kompaniyasi o‘zining arzon toifadagi City sedanini yangilab, uni 1000 kilometrdan ortiq masofani bir marta yonilg‘i bilan bosib o‘tishga qodir etdi, deb yozadi daily-motor.ru.
Yangi gibrid model e:HEV tizimiga ega bo‘lib, 1,5 litrlik i-VTEC benzinli motor va ikkita elektromotordan iborat. Avtomobil harakatni past tezlikda elektr toki bilan amalga oshiradi, benzin dvigateli esa faqat tezlanish yoki ko‘tarilishda ishga tushadi.
Yonilg‘i sarfi atigi 3,7 litr/100 km bo‘lib, avtomobil 1072,7 km ni to‘xtamasdan bosib o‘ta oladi.
Mazkur tizim ilgari Xitoy uchun ishlab chiqarilgan Fit modelida qo‘llanilgan va eng tejamkor avtomobillar ro‘yxatiga kiritilgan.
Hozircha bu Honda City versiyasi faqat Malayziyada sotilmoqda, ammo yaqin orada Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlariga ham chiqishi kutilmoqda.
Honda, City, Xitoy, Malayziya, Janubi-Sharqiy Osiyo